Kim sizdan qarz, kassada qancha pul, qancha foyda — hammasi telefoningizda
Daftar va Excel o'rniga. Oldi-berdi, qarzdorlik, kassa va omborni oddiy o'zbek tilida yuriting. Buxgalter bo'lish shart emas.

Tanish muammolarmi?
Ko'p tadbirkorlar hisobni daftarda, telefon eslatmasida yoki boshida yuritadi. Oxiri — chalkashlik.
Har bir mijoz va yetkazib beruvchining qarzi avtomatik hisoblanadi. Istalgan davr uchun akt-sverka bir tugmada.
Naqd so'm, dollar, plastik karta — har biri alohida kassa. Dastur kassani minusga tushirmaydi, xato darrov ko'rinadi.
Tovar tannarxi va xarajatlarni hisobga olib, sof foydani kun, oy yoki istalgan davr uchun ko'rsatadi.
Nakladnoyni suratga oling — qolganini dastur yozadi
Yuk xatini qo'lda ko'chirib o'tirmang. Tovar nomlari, miqdori, narxi va summasi bir necha soniyada hujjatga tushadi.
- «Rasmdan to'ldirish» tugmasini bosing
- Nakladnoyni telefon kamerasi bilan suratga oling yoki galereyadan tanlang
- Dastur tovarlarni o'qiydi va jamini tekshiradi — siz faqat qarab chiqib saqlaysiz
10 ta nakladnoy bepul. Rasm hujjatga biriktirilib qoladi — keyin ham ochib ko'rish mumkin.

Biznesingiz hisobi uchun kerakli hamma narsa
Qarzdorlik (debitor va kreditor)
Kim sizga, siz kimga qarzdor — so'mda va dollarda. Har bir kontragent bo'yicha to'liq tarix va chop etiladigan akt-sverka.
Bir nechta kassa
Naqd, karta, bank hisobi, dollar. Bank komissiyasi avtomatik hisoblanadi, kassalar orasida o'tkazma va valyuta almashtirish.
Ombor va tovar qoldig'i
Kirim, sotuv, qaytarish, inventarizatsiya. Omborda yo'q tovarni sotib bo'lmaydi — qoldiq doim to'g'ri.
Sof foyda hisoboti
Har bir tovar bo'yicha tannarx (FIFO), sotuv va foyda. Xarajatlar ayrilgan sof foyda — istalgan davr uchun.
Mijozga qarab narx (prays)
Har bir mijoz uchun alohida narx, amal qilish muddati bilan. Sotuv hujjatida narx o'zi qo'yiladi.
Nakladnoy chop etish
Sotuv hujjatidan tayyor nakladnoy — chop eting yoki PDF qilib mijozga yuboring.
Telefonda ham, kompyuterda ham
Hech narsa o'rnatish shart emas — brauzerda ochiladi. Xohlasangiz, telefoningiz ekraniga ilova sifatida qo'shib qo'yasiz. Ma'lumotlar har bir qurilmada bir xil.
Oddiydan boshlang, kerak bo'lsa kengaytiring
Versiyani sozlamalarda istalgan vaqt almashtirasiz.
Summa bo'yicha hisob
Savdo, xizmat, vositachilik — tovarni nomma-nom yuritish shart bo'lmaganlar uchun.
- Tovar oldim / berdim, pul oldim / berdim
- Xarajatlar va boshqa kirimlar
- Qarzdorlik va akt-sverka
- Kassalar, dollar, karta komissiyasi
Tovar, ombor va foyda
Ulgurji savdo, distribyutsiya, do'kon — har bir tovarni kuzatadiganlar uchun.
- Oddiy versiyadagi hamma narsa
- Kirim va sotuv hujjatlari, qaytarishlar
- Ombor qoldig'i va inventarizatsiya
- Tannarx, prays-list, sof foyda
Boshlash — 3 qadam
Ro'yxatdan o'ting
Ism, telefon raqam va parol — bor-yo'g'i shu. Karta so'ralmaydi.
Qoldiqlarni kiriting
Kassadagi pul, kim qancha qarzligi va ombordagi tovar — bir sahifada.
Ishlayvering
Har bir oldi-berdini bir necha soniyada yozing. Hisobotlar o'zi tayyor bo'ladi.
Har bir tugma rasmlar bilan tushuntirilgan foydalanish qo'llanmasi bor.
Bitta oddiy tarif
- Barcha imkoniyatlar — oddiy va batafsil versiya
- Kassalar, kontragentlar, tovarlar soni cheklanmagan
- 10 ta nakladnoyni sun'iy intellekt bilan o'qish bepul
- Telefon, planshet, kompyuter — hammasida
Keyingi nakladnoylar — har biri 500 so'm. Sinov tugagach, to'lov qilmasangiz ham ma'lumotlaringiz saqlanib qoladi va ularni ko'ra olasiz.
Ko'p beriladigan savollar
Buxgalteriyani bilmayman. Ishlata olamanmi?
Ha. Dastur buxgalterlar uchun emas, tadbirkorlar uchun qilingan: «Tovar oldim», «Pul berdim», «Xarajat» — hammasi oddiy so'zlar bilan. Har bir sahifa qo'llanmada rasmlar bilan tushuntirilgan.
Telefonga o'rnatish kerakmi?
Yo'q. Brauzerda meninghisobchim.uz ni ochib ishlaysiz. Xohlasangiz, Sozlamalardagi «Telefonga o'rnatish» tugmasi yoki brauzer menyusidagi «Bosh ekranga qo'shish» orqali telefoningizda oddiy ilova kabi belgi paydo bo'ladi.
Ma'lumotlarim xavfsizmi? Ularni kim ko'radi?
Ma'lumotlaringiz faqat sizning akkauntingizda, parol bilan himoyalangan va shifrlangan ulanish (https) orqali uzatiladi. Dastur administratori panelida ham sizning kassa, qarz va tovar ma'lumotlaringiz ko'rinmaydi.
Dollarda savdo qilaman. Bo'ladimi?
Bo'ladi. Kassalar va hujjatlar so'mda yoki dollarda bo'lishi mumkin, dollar bilan to'lab so'mdagi qarzni yopish ham mumkin. Umumiy holatni kurs bo'yicha so'mda ko'rasiz.
Sinov muddati tugasa nima bo'ladi?
Ma'lumotlaringiz o'chmaydi — ularni ko'rishda davom etasiz. Yangi yozuv kiritish uchun obunani uzaytirasiz: to'lov qilib, kvitansiyani Telegramga yuborasiz.
Bugunoq daftarni yopib qo'ying
14 kun bepul. Karta kerak emas. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz.